NDKI qoshidagi Zarafshon akademik litseyi

Перейти к содержимому

Главное меню

Litsey haqida

Navoiy Davlat konchilik instituti qoshidagi Zarafshon akademik litseyi.


    O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng  rivojlangan jamiyat qurish va har tomonlama taraqqiy qilgan huquqiy demokratik davlat darajasiga ko’tarilish asosiy maqsad bo’lib qoldi.Ushbu maqsadni amalga oshirish yo’lidagi qator vazifalar belgilab berildi. Mamlakatning  yorqin kelajagini ta`minlash maqsadida iqtidorli kadrlar , yetuk mutaxassislar tayyorlashga e`tibor kuchaytirildi.

   Shu maqsadda, Vazirlar Mahkamasining 13.05.1998 yildagi 204 sonli, Navoiy viloyati hokimining 13.07.2000 yildagi K-202-sonli qarorlariga asosan 2001 yilda Navoiy Davlat konchilik instituti qoshidagi Zarafshon akademik litseyi tashkil etildi. Akademik litsey davlat byudjeti va Koreya hukumati krediti loyixasi asosida jixozlangan.
     Litseyda ta’lim O’zbekiston Respublikasi Davlat Ta’lim Standartlari, o’rta maxsus kasb hunar ta’limi o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi. Litseyda ta’lim O’zbekiston Respublikasidagi akademik litseylarda bo’lgani kabi 3 yil davom etadi. Litsey bitiruvchilariga davlat namunasidagi o’rta maxsus kasb hunar ta’limi diplomi beriladi va ular o’zlari tanlagan yo’nalishlari bo’yicha oliy o’quv yurtlarida ta’limni davom ettirish yoki kichik mutaxassis sifatida ish faoliyatini boshlash huquqiga ega bo’lishadi.

      O`quv yurti evropa andozalariga mos ravishda qurilgan bo`lib, eng so`nggi rusumdagi asbob uskunalar bilan jihozlangan. Mahalliy byudjet va Koreya krediti hisobiga keltirilgan kimyo, fizika, biologiya xonalari laboratoriya jihozlari, hamda 3 ta kompyuter va 4 ta lingafon xonalari o`quvchilar xizmatida. Kompyuter xonalari to`liq internet tarmog`iga ulangan.

       Litseyda o’quv yili ikki semestrdan iborat bo’lib, har bir semester yigirma hafta davom etadi. Semestrlar o’rtasida talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi. Semester davomida talabalar o’qitilayotgan har bir fan bo’yicha ikkita oraliq nazorat va bitta yakuniy nazorat topshirishadi. Talabaning o’zlashtirishini kundalik nazorat qilish esa joriy og’zaki va yozma nazoratlar orqali amalga oshiriladi.


       Quvvati - 450 o’rinli
To’ldirilish darajasi (2017-2018 o’quv yiliga)  0.7%
Hozirgi kunda 300 nafar o’quvchi ta’lim olmoqda.
Ta’lim o’zbek va rus tillarida olib boriladi.

      
Litseyda mavjud kafedralar
Aniq fanlar kafedrasi
Tabiiy fanlar kafedrasi
Xorijiy tillar kafedrasi
Shaxsni rivojlantirish kafedrasi
Tillar kafedrasi

 
Zarafshon sh. Marvariq ko'chasi 5-uy. Telefonlar: (99879) 573-79-60, 573-80-59, 573-79-19. E-mail: zarlitsey@umail.uz
Назад к содержимому | Назад к главному меню