NDKI qoshidagi Zarafshon akademik litseyi

Перейти к содержимому

Главное меню

ARM haqida

ARM

Axborot resurs markazi


 Akademik  litsey  Axborot  Resurs  Markazi  O’zbekiston     Respublikasi  Prezidentining  2006  yil 20 iyundagi  PQ-381 sonli qarori, viloyat hokimining 2006 yil 13 iyuldagi 171-k sonli qarori hamda Zarafshon shahar hokimining 2006 yil 21 iyuldagi 1376 sonli qarori asosida tashkil  qilingan.  

  Hozirgi kunda Zarafshon akademik litseyi  ARM fondi 15360 ta kitobni tashkil etib, bulardan:

· umumta'lim fanlari darsliklari 9551 ta
· maxsus fanlar darsliklari 773 ta
· ijtimoiy adabiyotlar 3080 ta
· badiiy adabiyotlar va siyosiy adabiyotlar 1800 ta
· ma'ruza matnlari 102 ta
· elektron darsliklar 54 tani tashkil etadi.


  Bulardan tashqari  12 tomdagi O’zbekiston milliy entsiklopediyasi,  Alisher Navoiyning 10 tomli  to’la asarlar to’plami, 20 taga yaqin barcha fanlarga oid rus tilida entsiklopediyalar, ingliz tilida 20 ga  yaqin entsiklopediyalar, proektsion qo’llanmalar,  o’qituvchilarimiz tomonidan yaratilgan ma’ruza matnlari, matbuot nashrlari  ARM fondini boyitib turibdi. Bundan  tashqari  yangi nashrdan chiqarilgan  “ENGLISH  B1”  ingliz  tili  darsligi  o’qituvchi  hamda  1-2-3-kurs o’quvchilariga tarqatildi.
 O’quv  yurti ARM xozirgi zamon talablariga javob beradigan 2 ta o’quv zaliga ega bo’lib, bu o’quv zallarida kitobxonlarga barcha sharoitlar yaratilgan bundan tashqari ARM   texnik  vositalar bilan ta’minlangan bular:   6 ta kompyuter, 2 ta printer, 2 ta  skaner, telefon  apparatiga  ega va ular  kitobxonlarni talabini  qondirishda  xizmat  qilib kelmoqda. Bu texnik vositalar internet tarmog’iga  ulangan  bo’lib, kitobxonlarimiz o’zlariga kerakli ma’lumotlarni  istagan vaqtda internet  tarmog’idan ham olib kelmoqdalar.  
Kelajagimiz  bunyodkorlari bo’lgan yoshlarimizni aqlan va ma’nan barkamol qilib tarbiyalashda hikmatlar xazinasi bo’lgan kitoblar va nuri ziyo maskanlari  Axborot  resurs  markazlarining  axamiyatli  ekanini  markaz  xodimlari xalqimiz shuuriga singdirish vazifasini olganlar.
Kundan kun rivojlangan mamlakatlar qatoriga  kirib borayotgan mustaqil yurtimizning  kelajagi  yoshlarimiz qo’lida  ekan,  bu yo’lda respublikamizda tashkil etilgan Axborot Resurs  Markazlari eng yaqin hamkordirlar.

Zarafshon sh. Marvariq ko'chasi 5-uy. Telefonlar: (99879) 573-79-60, 573-80-59, 573-79-19. E-mail: zarlitsey@umail.uz
Назад к содержимому | Назад к главному меню